ISHCHI GURUH NARPAYDA
2025-yilda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari joylarga chiqqan holda loyihalarning bugungi kundagi holati va amalga oshirilayotgan ishlarda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflarni o‘rganishdi.
Ma'lumot uchun, joriy yilda qiymati 63.5 mln.dollarlik 10 ta loyiha doirasida xorijiy investitsiyalarni muddatida o‘zlashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.