insurez
17-02-2025 18:53

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


 

Bugun tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish, kengash a’zolari tarkibini tasdiqlash hamda tumandagi korxona va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning olib borilish holatini o‘rganish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan mutasaddilar ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni singdirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida fikr almashdilar.

Shuningdek, tumandagi tashkilot va muassasalarda olib borilgan o‘rganishlar natijalari e’lon qilindi. 

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga tegishli tavsiyalar berilib, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha chora ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi tasdiqlandi hamda kengash a’zolariga tegishli topshiriqlar berildi.

Teglar
- -