☝️“MUVAFFAQIYATLI ISLOHOTLAR - YUQORI NATIJALAR” mavzusida seminar-trening o‘z ishini boshladi.
✅Tumandagi 17-maktabda Singapurning “MARSHALL CAVENDISH EDUCATION” tashkiloti bilan hamkorlikda “Muvaffaqiyatli islohotlar yuqori natijalar” mavzusidagi seminar-trening ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosari S.Dagarov so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimi xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari xususida so‘z yuritib, xalqaro tajribalar asosida ustozlarning malakalari oshirilishi ijobiy natijalar berishini qayd etdi.
⏰Joriy yilning 21-avgustidan 24-avgustga qadar davom etadigan seminarda umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari, aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilari uchun “Zamonaviy ta’limning tuzilishi”, “Singapur ta’lim tizimining kuchli tomonlari”, “Istiqbolli o‘quv dasturi”, “Mening maktabim uchun XXI asr natijalarini aniqlash” va boshqa mavzularda mahorat darslari tashkil etiladi.