insurez
13-08-2024 10:37

NAVRO‘ZNING YO‘LLARI RAVON BO‘LMOQDA


Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi rejali ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi bor gap.

Jumladan, turli loyihalar asosida ichki yo‘llar ravon holga keltirilib, birma-bir taʼmirlanyapti.

Xususan, tashabbusli byudjet loyihasi doirasida ham bir qator mahallalarning ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.

Navro‘z mahallasi aholisi ushbu ochiq byudjet loyihasida g‘olib bo‘lishgani tufayli, “NARPAY MIRZO YULDOSHEV” xususiy korxonasi xodimlari tomonidan mahalla ichki yo‘lining qariyb 3,1 kilometr qismiga asfalt yotqizish ishlari yakunlandi.

Mazkur loyiha qiymati esa, 1 milliard 300 million so‘mdan ortiqroq deb baholangan.

Teglar
- -