insurez
30-01-2025 18:11

O'QUVCHILAR UCHUN EKSKURSIYA


🙌Prezident taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabining faol o‘quvchilari uchun tuman hokimligiga ekskursiya tashkil etildi.

👨‍💼Tashrif davomida tuman hokimi Sherbek Buranov ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini shaxsan kutib olib, bo‘limlar va ularda faoliyat yuritayotgan xodimlar, shuningdek, ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirib o‘tdi.

🤵O‘quvchi yoshlarga kelajagi uchun ulkan rejalar qo‘yish, bilim olishdan hech ham to‘xtamaslik, tinimsiz qilingan mehnat, albatta, o‘z natijasini berishi haqida tavsiyalar berildi
 
📈Tuman hokimligi binosiga qilingan ekskursiya yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Teglar
- -