insurez
14-08-2024 10:43

TA’MIRLANAYOTGAN MAKTABLAR O‘RGANILMOQDA


Mavsum yakunlanib, o‘quv yili tobora yaqinlashib bormoqda. Tumanimizda yangi o‘quv yili uchun tegishli dastur va loyihalar asosida taʼmirlanayotgan va yangidan barpo qilinayotgan taʼlim dargohlari mavjud. Ayni kunlarda ushbu taʼlim maskanlarida qurilish ishlari avj pallada davom etmoqda.

Tuman hokimi mas’ullar hamrohligida qurilish olib borilayotgan 4- hamda 59-maktablarda bo‘lib ish jarayoni bilan tanishdi.

Qurilish ishlari sifatli holatda olib borilayotgani ko‘zdan kechirilib, pudratchi quruvchilarni ish jarayonida qiynayotgan masalalar o‘rganildi.

Shu qatorda, tegishli masʼullarga qurilish ishlarini boshlashdan avval binolar joylashuvi va bunyodkorlik ishlarida har tomonlama puxta o‘ylab ish ko‘rish lozimligi va kelajak avlod uchun uzoq yillar xizmat qiladigan taʼlim dargohlari bunyod etilishida barcha birdek harakat qilishi kerakligi taʼkidlandi.

Teglar
- -