insurez
26-06-2025 15:28

Yo'llanish ortidagi jinoyat: bayroqni almashtirish narxi


#Qiziq

Yo'llanish ortidagi jinoyat: bayroqni almashtirish narxi

Xorijiy armiyaga yo'llanish jinoyati: Jinoyat kodeksining 154 va 154¹-moddalari tahlili

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining betaraf va tinchlikparvar siyosatiga sodiq holda, fuqarolarning xorijiy harbiy tuzilmalar xizmatiga yo'llanishini qat’iy taqiqlagan. Bu taqiq nafaqat milliy xavfsizlikni ta’minlash, balki xalqaro tinchlikni saqlashga qaratilgan dolzarb huquqiy chora hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 154 va 154¹-moddalari ana shu masalaga huquqiy asos yaratadi.

Yo'llanish nima va nima uchun jinoyat hisoblanadi?

“Yo'llanish” tushunchasi — O‘zbekiston fuqarosining xorijiy davlatning qurolli kuchlari, politsiyasi, razvedkasi yoki boshqa harbiy tuzilmalariga xizmatga kirishi yoki ularga fuqarolarni yo'llash harakatlarini anglatadi. Shu, jumladan, reklama qilish, targ‘ibot o‘tkazish, vositachilik qilish, kontrakt tuzish yoki shunchaki da’vat qilish ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining:

154-moddasida yo'llash bilan shug‘ullanish – ya’ni fuqarolarni xorijiy harbiy tuzilmalar xizmatiga jalb qilish jinoyat deb belgilanadi;

154¹-moddasida esa bu harakatlar mansabdor shaxs tomonidan yoki takroran sodir etilgan hollari og‘ir jinoyat deb ko‘riladi.

Jazo chorasi qanday?

154-moddaga ko‘ra, xorijiy harbiy xizmatga yo'llanish:

300 baravargacha bazaviy hisoblash miqdorida jarima,

yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash,

yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

154¹-moddada esa bunday harakat:

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan baholanadi.

Bu jazo choralarining jiddiyligi – davlat fuqarolarining begona qurolli tuzilmalar manfaatlariga xizmat qilish xavfi bilan izohlanadi. Bu nafaqat milliy suverenitet, balki mintaqaviy barqarorlik uchun ham tahdid hisoblanadi.

Nega bu muhim?

So‘nggi yillarda dunyo miqyosida ixtiloflar, qurolli ziddiyatlar va yollanma jangarilarning ko‘payishi mamlakatlar xavfsizlik siyosatini kuchaytirishga majbur qildi. Ba’zi hollarda fuqarolar moliyaviy yoki mafkuraviy sabablarga ko‘ra xorijiy tuzilmalar xizmatiga qasddan kiradi. Bu esa O‘zbekiston hududidan tashqarida sodir bo‘layotgan ziddiyatlarga bevosita yoki bilvosita aralashish xavfini tug‘diradi.

Mardiyev Mexriddin Dilshod o‘g‘li,
Narpay tuman adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

Teglar
- -