YOSHLAR DOIMO DIQQAT MARKAZDA
O‘zbekiston - yoshlar mamlakati. Shu bois, bugungi kunda, yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qo‘llab-quvvatlash, ularni hech bir muammosini eʼtiborsiz qoldirmaslik dolzarb masala bo‘lib ulgurdi.
Tumanda oqilona olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, har bir yoshni xohish-istaklarini muntazam o‘rganib borish va ularga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida doimiy muloqotlar olib borilmoqda.
Xuddi shunday uchrashuvlardan biri tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda yoshlar ishtirokida etgan ushbu yig‘inda masʼullarning o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan olib borayotgan ishlari muhokama qilindi.
Muhokamada yoshlar bilan yaqindan ishlash, ularni doimiy nazorat qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasidagi ishlar natijadorligi tahlil qilindi.