insurez
04-02-2025 18:20

#ZOOM


MAHALLA MAS'ULLARI BILAN ONLAYN UCHRASHUV

Tuman hokimi Sherbek Buranov mahalla "yettiligi" bilan o‘tkazgan ushbu onlayn uchrashuv aholining dolzarb muammolarini hal etishga qaratildi.

Xususan, aholi murojaatlari, obodonlashtirish, bandlik masalalari, chiqindi va ichimlik suvi to‘lovlari kabi muhim yo‘nalishlarda muhokamalar olib borilib, fuqarolarni rozi qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash muhim vazifa ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida har bir xonadonga mevali daraxtlar ekish tavsiya etildi.

Uchrashuv davomida o‘z vazifalarini sust bajarayotgan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, bajarilayotgan ezgu amallar natijadorligini yanada  oshirishga eʼtibor qaratish lozim ekanligi tushuntirildi.
 

Teglar
- -