MASʼULLAR MAHALLALAR BO‘YLAB
Tuman hokimi Qozikent va Tortuvli mahallalarida bo‘lib, aholi tomorqalari holati, "Yashil makon" loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar, hududlarni obodonlashtirish, ichki suv yo‘llarini, tozalash hamda betonlashtirish masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qay darajada ketayotgani bilan tanishdi.
Shuningdek, har ikkala mahalla fuqarolari bilan yuqoridagi masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazib, ularning bu boradagi taklif va tashabbuslarini ham tingladi.
Shu qatorda, tomorqadan unumli foydalanish borasida bir mahalla, bir mahsulot tamoyili asosida ekinlar yetishtirish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida soliq va boshqa kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash lozimligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, bir necha fuqarolarning o‘tgan yilgi hamda joriy yilgi soliq qarzdorliklari so‘ndirildi.
Shu kabi, hokim o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari yuqoridagi masalalar yuzasidan mahallalar bo‘ylab o‘rganish olib bormoqda.