insurez
11-07-2024 11:18

AHOLIGA QULAYLIK UCHUN…


Tumanda shaharsozlik tamoyillari asosida ko‘rkam ko‘p qavatli turar joy binolari qad rostlamoqda. Aholi yashashi uchun yanada qulay muhitni shakllantirish, shahar hududidagi yer maydonlaridan unumli foydalanish va tumanimizni har tomonlama rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari hamrohligida yangi bunyod etilayotgan ko‘p qavatli turar joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlabki manzil “Elegant New diamond construction” MCHJ tomonidan bunyod etilgan jami 59 ta xonadondan iborat turar joy majmuasi bo‘ldi. Bunda pudratchi tadbirkor qurilayotgan zamonaviy xonadonlardagi qulayliklar hamda shart-sharoitlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

Shundan so‘ng, “Zarafshon” xususiy korxonasi tomonidan barpo qilinayotgan 20 ta xonadondan tashkil topgan ko‘p qavatli turar joy binosi hamda "INTER GROUP NARPAY" MCHJ tomonidan qurilayotgan 55 ta xonadondan iborat ko‘p qavatli turar joy binolarida jadal suratda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Teglar
- -