insurez
18-09-2024 15:14

🌳BOG‘DORCHILIK HAMDA SABZAVOTCHILIK SOHASIGA NAZAR


👨‍💼Tuman hokimi masʼullar bilan birgalikda tumandagi bog‘dorchilik va sabzavotchilikka ixtisoslangan fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar xususida muhokama o‘tkazdi.

❕Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar, ishchi o‘rinlari yaratish, soliq to‘lovlarini vaqtida to‘lash, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish kabi masalalar ilgari surildi.

🤔Tanqid ostiga olingan mas’ullarga yuzaga kelgan kamchiliklarni vaqtida bartaraf etish lozimligi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -