insurez
03-08-2024 11:19

BO‘SH TURGAN OBYEKTLAR O‘RGANILDI


Tumanimizni har tomonlama rivojlantirish, infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi bandligini taʼminlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, yangi tadbirkorlik obyektlari va korxonalarni tashkil etish muhim o‘rin tutadi.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari, mutasaddilar va salohiyatli tadbirkorlar hamrohligida Oqtosh shahri hududidagi bo‘sh turgan obyektlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida mazkur obyektlardan unumli foydalanish va shaharsozlik talablariga mos holatga keltirish orqali aholiga yanada qulayliklar yaratish lozimligi taʼkidlandi. Ushbu binolarda yirik tadbirkorlik loyihalarini ishga tushirish natijasida yangi ish o‘rinlari yaratish maqsad qilingan.

Shu qatorda, Oqtosh dehqon bozori hududida «Ekobozor» barpo etish masalasi ilgari surildi.

Teglar
- -