insurez
09-09-2024 14:59

BO‘STON MAHALLASI - KAMBAG‘ALLIKDAN HOLI HUDUDGA AYLANADI


Tumanda aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan ishlash, xalqning kayfiyatini ko‘tarish, ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida doimiy ravishda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Tuman hokimi mas’ullar hamrohligida tumanining eng olis hududi bo‘lmish Bo‘ston mahallasidagi fuqarolar yashash sharoitini o‘rgandi.

Dastavval, mahalla yettiligi va mas'ullar hamda mahalla ko‘chaboshilar bilan uchrashib, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.

So‘ngra, aholi xonadonlariga birma-bir kirib, ularni qiynayotgan muammolari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida iqtisodiy ko‘makka muhtoj oilalar bilan samimiy suhbatlar qilib, ularning qiziqishlarini o‘rgandi.

Bundan asosiy maqsad aholining og‘ir toifadagi qatlamini kambag‘allikdan chiqarish, ularga o‘z-o‘zini band qilish borasida barcha zarur choralarni ko‘rishdir.

Teglar
- -