insurez
19-09-2024 15:17

✅BO‘STON MAHALLASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI


📣Xabaringiz bor, tumanning eng olis hududi bo‘lmish Bo‘ston mahallasining infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolar bilan ishlash, xalqning kayfiyatini ko‘tarish, ijtimoiy og‘ir ahvolga tushib qolgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

👨‍💼Tuman hokimi mas’ullar hamrohligida mahalla hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ishlar bilan tanishdi.

💎Xususan, mahallada tadbirkorlik qilish niyatini bildirgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

✍️Shuningdek, mahalladagi yo‘llarning ta’mirlash, elektr energiyasini yaxshilash bo‘yicha beton ustunlar o‘rnatilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

🧠Qilinayotgan ishlarni tezlik bilan va sifatli qilib yakunlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -