ENDI 26 NAFAR YOSh HOKIM NAZORATIDA
Tuman hokimi yoshlar uchun qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan turli masala va takliflar bilan murojaat qilishdi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda masʼullarga yo‘naltirildi.
Shundan so‘ng o‘ziga biriktirilgan qizil toifadagi yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari, qiziqishlari va boshqa masalalar yuzasidan suhbatlashdi.
Uchrashuvda qizil toifadagi yoshlar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, ularning ehtiyojiga ko‘ra amaliy, moddiy, maʼnaviy barcha turdagi ko‘maklar ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar belgilandi va ushbu yoshlar hokim tomonidan doimiy nazoratda ekanligi ta’kidlandi.