insurez
27-06-2024 11:11

G‘ALLA O‘RIMI JARAYONI VA EKIN MAYDONLARI HOLATI O‘RGANILDI


#Qishloq_xo‘jaligi

 

Yozning chillasida, dalalarda ishlar ayni avjida. Ayniqsa, fermerlar va dehqonlar xalqimizni turli noz-neʼmatlar bilan taʼminlash maqsadida tinim bilmay ter to‘kyapti.

Tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov tegishli o‘rinbosar hamrohligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, “Sayyor” fermer xo‘jaligida davom etayotgan g‘alla o‘rimi jarayoni bilan tanishdi. Shu kabi, o‘rim jarayonida texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish hamda hosilni sifatli holatda tezkorlik bilan yig‘ib olish  bo‘yicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, "Azamat Siroj" fermer xo‘jaligi paxta maydonlaridagi g‘o‘za parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar ham eʼtibordan chetda qolmadi.

Bunda, soha mutaxassislariga agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan o‘z vaqtida o‘tkazish hamda zararkunandalarga qarshi samarali kurashish choralarini ko‘rish xususidagi aniq vazifalar belgilab berildi.

Teglar
- -