IJTIMOIY MARKAZ FAOLIYATIGA NAZAR
Tumanimizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tomonidan 12 toifadagi aholi qatlamiga 54 turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.
Tuman hokimi tegishli o‘rinbosar hamrohligida ijtimoiy markaz faoliyati va ish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, xodimlar va fuqarolarga yaratilgan sharoitlar ham eʼtibordan chetda qolmadi. Har bir xodim bilan xizmat vazifasi bo‘yicha suhbat o‘tkazdi.
Shu kabi, murojaatlarni bartaraf qilish, har bir fuqaro masalasiga individual yondashish, xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash hamda xodimlarning masʼuliyatini oshirish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berilib, bu boradagi vazifalar belgilab olindi.