ISLOM SHOIR NAZAR O‘G‘LINING QABRI ZIYORAT ETILDI
XIX asr oxirlari XX asr boshlarida yurtimizda dostonchilik sanʼati alohida gullagan davri bo‘ldi. Islom shoir Nazar o‘g‘li ana shunday dostonchilik sanʼati maktabi nomoyondalaridan biri bo‘lib, Narpayning dong‘ini ellarga taratgan shu yurtda tug‘ilib, katta bo‘lgan, isteʼdodli va ijodkor baxshilardan biri hisoblanadi.
Tuman hokimi masʼullar hamrohligida Islom shoir Nazar o‘g‘lining 150 yillik yubileyi tadbirlari oldidan “Islom shoir” qabristonining obodonchiligini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida Islom shoir maqbarasini, shuningdek, qabristonda mavjud boshqa binolarning ichki va tashqi qismlarini taʼmirlash, yo‘lakchalar barpo etish, mavjudlarini taʼmirlash, qabristonni yanada gulzorlashtirish, obododlashtirish ishlarini jadalashtirish borasida tegishli tavsiyalar berildi.
Bundan tashqari, tumandagi barcha qabristonlarning tozaligi va obodonchiligi bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha tegishlilarga topshiriqlar berildi.