🚨#Kambag‘allikdan tadbirkorlikka
#Do‘stlik mahallasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish, kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar yuzasidan tumanda tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Xususan, tuman hokimi masʼullar hamrohligida Do‘stlik mahallasida o‘ziga biriktirilgan ijtimoy reestrga kiritilgan oilalar sharoitini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga yordam berish, sharoitini yanada yaxshilash maqsadida bandligini taʼminlash, tadbirkorlik qilishni maqsad qilganlariga sharoit yaratib berish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Shu jumladan, mahallada yashovchi fuqaro Shahzod Mahanqulovning kontrakt to‘loviga amaliy yordam berishga kelishildi va boshqa fuqarolar tomonidan maktab va ichki yo‘llarni taʼmirlash, tomorqa uchun suv masalalarda murojaat qilgan fuqarolarga amaliy yordam berish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.