insurez
12-08-2024 10:37

MAQSAD AHOLI DAROMADINI OSHIRISH


☝️Bugungi kunda tumanda aholi daromadini oshirish, serhosil yerlardan unumli foydalanish borasida qator qonun hujjatlari e’lon qilinmoqda.

☝️Berilgan topshiriqlar ijrosini yuzasidan 2022-2024-yillarda aholiga ijaraga berilgan yer maydonlarining past daromadli ekin ekilganlariga yuqori daromadli ekinlar ekilishini tashkil etish maqsadida Totkent mahallasida amaliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

👉Yig‘ilishda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari ishtirok etib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berdilar.

👉Shuningdek, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari hamda mas’ul tashkilot rahbarlari past daromadli ekin ekilgan maydonlarga yuqori daromadli ekin ekish ishlarini jadallashtirish maqsadida 11 ta mahallaga manzilli biriktirildi.

✍️Yig‘ilish so‘ngida fuqarolar tomonidan berilgan murojaat va takliflari tinglanib, ijrosi yuzasidan tegishlilarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -