insurez
13-09-2024 15:08

✅MAVSUM OLDIDAN…


🔎Tuman hokimi sektor rahbarlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi sohasi tashkilotlari vakillari hamda tegishli masʼullar va fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🧠Paxta yig‘im-terim mavsumiga ko‘rilayotgan hozirlik, texnikalarning shayligi, terimchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, hosilning qisqa fursatlarda sifatli yig‘ib olish masalalarida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mavsumni risoladagidek hamda betalafot o‘tkazish, terimchilarga yaratilishi lozim bo‘lgan qulayliklar va sharoitlar, terim uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borish, maxsus texnikalarning shayligini yana bir bor ko‘zdan kechirish kabi masalalarda so‘z yuritildi.

✍️Shu qatorda, g‘alla ekish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish kabi bir qator muhim masalalar bo‘yicha masʼullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

✍️Shuningdek, fermerlar tomonidan qo‘yilgan  taklif va masalalar ro‘yxatga olinib, ularni qisqa muddat ichida yechish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Teglar
- -