Narpay tumanida hokim almashdi
Narpay tumanida o’tkazilayotgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko’rildi.
2020-yildan buyon tumanga rahbarlik qilib kelgan Raxmanov Sherzod Shuxratovich boshqa ishga o‘tayotganligi bois tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Buranov Sherbek Erkinovich nomzodi Narpay tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sherbek Buranov 1985-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug’ilgan. 2003-yildan boshlab bank tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2021-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a‘zosi.