insurez
19-09-2024 15:15

🦅NARPAY VATANPARVARLAR ELI🇺🇿


✨Bu so‘zlar shunchaki balandparvoz so‘zlar emas, aksincha, Vatanning haqiqiy o‘g‘lonlari tug‘ilib o‘sgan yurt bu. Tumanimizda tug‘ilib, yurtimizning turli go‘shalarini obod qilayotgan, kechani kecha, kunduzni kunduz demay sarhadlarni qo‘riqlayotgan haqiqiy elsevar farzandlari bisyor.

🇺🇿Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugida shartnoma asosida Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan tumanimizning Iymon mahallasida yashovchi kichik serjant Qahramonov Faridjon Nabijon oʻgʻli va Boʻston mahallasida yashovchi Boboniyozov Begimqul Bektoshevichlar ana shunday o‘g‘lanlardan biridir.

🤩Namunali xizmatlari va haqiqiy Vatanparvar yigit ekanligi va qolgan tengdoshlariga namuna boʻlib xizmat qilib kelayotganligi sababli ularning ota-onalariga qoʻmondonlik tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

🇺🇿Tuman mudofaa bo‘limi mas'ullari qo‘mondonlikning tashakkurnomalarni o‘qib eshittirib, o‘z egalariga topshirishdi.

Teglar
- -