insurez
19-09-2024 15:18

“NARPAYTUMANGAZ” GAZ TA’MINOTI BO‘LIMIDA ISHLAR QONIQARLIMI?


🔴🔴🔴👨‍💼Tuman hokimi tuman prokurori hamda tuman IIB boshlig‘i hamrohligida «Narpaytumangaz» gaz taʼminoti bo‘limida bo‘lib, bo‘lim xodimlari va tegishli masʼullar bilan uchrashdi.

🔎Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida, soha vakillari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar aniq raqamlar va ma’lumotlar asosida sanab o‘tilib, tegishlilarga qat’iy ogohlantirish berildi. 

♾Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarni tabiiy hamda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash xususida masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🌀Shu bilan birga, suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazish, tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar yaʼni uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va tabiiy gaz bo‘yicha isteʼmolchilar tomonidan mavjud bo‘lgan qarzdorliklarni bartaraf etish hamda taʼmirtalab quvurlarni taʼmirlash kabi ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi.

Teglar
- -