insurez
03-07-2024 15:18

OGOHLIK - DAVR TALABI!


Keyingi vaqtlarda internet firibgarlari chuv tushirishning yangidan yangi yo‘llari va usullarini o‘ylab topmoqda.

Shu bois iyul oyi viloyatimizda “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi deb e'lon qilindi. 

Mazkur oylik doirasida tuman hokimligida tibbiyot sohasi vakillari bilan birinchi sektor shtabida esa, ta'lim tizimi mas'ullari hamda mahallalar yettiliklari ishtirokida tadbir tashkil etildi.  

Tuman hokimi Sherbek Bo'ronov sektor rahbarlari va bir guruh soha mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda hozirgi davrning dolzarb muammolaridan bo‘lgan ayni masalani jamoatchilikka, mahalla fuqarolariga yetkazish haqida so‘z bordi. 

Shuningdek, internetdagi tahdidlardan ogohlantiruvchi bu kabi targ‘ibot tadbirlarini tuman bo‘ylab “Mahallabay” va “Xonadonbay”, ta’lim dargohlari hamda barcha hududlarda o‘tkazish haqida so‘z bordi.

Teglar
- -