insurez
07-08-2024 11:11

O‘ZBEK MILLIY DRAMA TEATRI AKTYORLARI NARPAYDA


13-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida O‘zbek milliy drama teatri aktyorlari ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida mahoratli sanʼatkorlar o‘zlarining turli ko‘ngilochar va ibratli chiqishlarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola etishdi.

Isteʼdod egalarining sanʼat namunalari barchaga xushkayfiyat bag‘ishladi.

Bu kabi tadbirlar aholiga ko‘tarinki kayfiyat hadya etish va ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun tashkil qilinmoqda.

Teglar
- -