PIYODALAR XAVFSIZLIGI TAʼMINLANMOQDA
Tuman hududida bolalar ishtirokida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida Narpay tuman hokimligi tomonidan M-37 avtomobil yo‘lining 106 hamda 112 kilometrlaridagi 16 va 17-umumtaʼlim maktablari oldiga svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
Endilikda o‘quvchi yoki piyodalar yo‘lni kesib o‘tish uchun maxsus yo‘lak boshida to‘xtab, svetofor tugmachasini bosishadi. Shundan so‘ng avtomobil harakatini to‘xtatuvchi qizil chiroq yonadi.
Yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar yana davom etmoqda.