QURILISH ISHLARI NAZORATDA
Bugungi kunda tuman bo‘ylab ko‘plab obyektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Qilinayotgan ishlarni sifatli tarzda foydalanishga topshirilishida esa mas’ullarning hamda keng jamoatchilikning nazorati muhim rol o‘ynaydi.
Tuman hokimi Sh.Buranov mas'ullar bilan birgalikda hududlarda olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.
Dastlab, investitsiya dasturi asosida qayta qurilayotgan 16-maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 59-umumiy o‘rta ta'lim maktabi binolarining qurilish ishlari o‘rganildi.
Shundan so‘ng, Guliston va Muqimiy mahallalarini to‘liq ichimlik suvi bilan ta'minlay oladigan maxsus suv saqlagichning qurilishi ko‘zdan kechirildi.
Bundan tashqari, tuman hokimi Nog‘oraxona mahallasidagi Islom shoir qabristonida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini o‘rganib, mahalla hududidagi qurilishi boshlangan ko‘p qavatli uyning ramziy tamal toshi qo‘yilishida qatnashdi.