insurez
21-06-2024 11:14

SOLIQ TO‘LOVI - TARAQQIYOT GAROVI


Hozirda tumanimizda 517 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat olib boradi. Shularning 249 tasi g‘alla va paxta, qolgan 268 tasi esa, bog‘dorchilik, chorvachilik kabi turli sohalar bilan shug‘ullanadi.

Tuman hokimi tuman prokurori, tegishli o‘rinbosar, va tuman DSI masʼullari ishtirokida mazkur g‘alla va paxtadan tashqari bo‘lgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda, ayrim fermer xo‘jaliklarining soliq to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorlikni so‘ndirmayotgani tanqid ostiga olindi. Shu kabi 79 nafar fermerlarning soliq to‘lovlaridan qarzdorligi 406 million 835 so‘mni tashkil qilishi achinarli holat ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, qarzdorliklarni bartaraf qilish lozimligi aks holda qonuniy chora ko‘rilishi xususida ogohlantirish berildi. Bu bo‘yicha aniq muddatlar belgilanib, tegishli masʼullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -