TIBBIYOT SOHASI XALQ UCHUN YANADA YAQINROQ
✅Tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov tuman tibbiyot birlashmasida bo‘ldi. Tashrif davomida tibbiyot maskanidagi ish jarayoni, bemorlar va xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, aholiga tibbiy sohani yana-da yaqinroq qilish hamda tibbiy xizmat sifatini yana-da yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
✅Shuningdek, keltirilgan zamonaviy tibbiy jihozlar, olib borilgan obodonlashtirish va gulzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅Shu qatorda, tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurgan hamda davolanayotgan fuqarolar bilan suhbatlashib ularning tibbiy soha borasidagi fikri va kayfiyati bilan qiziqdi.
✅Shuningdek, soha mutaxassislariga eng muhimi halqni rozi qilish ekanligi, har bir mutaxassis o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi lozimligi taʼkidlandi.
✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib bu boradagi vazifalar belgilab olindi.