insurez
10-08-2024 11:10

YERDAN UNUMLI FOYDALANISH LOZIM


Tumanimiz tadbirkorlik faoliyati uchun har tomonlama qulay hududda joylashganligi bois, tadbirkorlik istagida boʻlgan fuqarolar talaygina.

Ammo, tadbirkorlik qilish uchun davlatdan yerni sotib olib, boshqa maqsadda foydalanish yoki, umuman foydalanmaslik adolatdan bo‘larmikan.

Axir bu yerlardan unumli foydalanish orqali qanchadan-qancha aholining bandligini taʼminlash va tumanimizning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish mumkin.

Tuman hokimi Sherbek Bo‘ronov tegishli o‘rinbosar va masʼullar hamrohligida “Tepa” KSZda bo‘lib, bu yerda ish boshlagan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida tegishli tartibda sotib olingan, biroq unumli foydalanilmayotgan yerlarni qonun doirasida qaytarib olish va qayta auksionga chiqarish choralarini ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, qisman ish boshlagan ishbilarmonlarga faoliyatini  kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilib, bu bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Teglar
- -