TUMAN KENGASHINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining oltmishinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa masʼullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab, III-chorak davomida hududlarda amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda

IV-chorak ish rejasini taqdiqlash to‘g‘risida barcha sektor rahbarlarining maʼruzalari tinglandi.

Shundan so‘ng Yurtboshimizning PQ-5214-sonli qarorining tumandagi ijrosi hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbari Feruz Iskandarov axborot berdi.

Shu kabi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi boshlig‘i Nasim Turopovning muddati o‘tgan kredit qarzlarini undirish va bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan umumtaʼlim maktablari direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarni tanlab olish masalalari ham ko‘rib chiqilib, 30-umumtaʼlim maktabi direktorligiga Sardor Sunnatillayev tasdiqlandi. 22-umumtaʼlim maktabi rahbarligiga daʼvogar ikki nomzodning ham taqdimotlari deputatlar tomonidan maʼqullanmadi.

Shundan so‘ng tumandagi umumtaʼlim maktablari faoliyatlarida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari Islom Hakimov axborot berdi. O‘z navbatida ishchi guruh tomonidan o‘rganilgan maktablarda aniqlangan kamchiliklar aks etgan videorolik namoyish etildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM