Bugun respublikamiz bo‘ylab barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilmni qadrlang – ilmga intiling!” shiori ostida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tuman hokimi 17-umumtaʼlim maktabida bo‘lib, tadbir ishtirokchilarini, bitiruvchi o‘quvchilarni tabrikladi. Eng faol o‘qituvchi, aʼlochi o‘quvchilar, ularning ota-onalariga tuman hokimligining tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.
Shu kabi Yurtboshimizning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga fayz bag‘ishladi.
Shu kabi tumandagi barcha maktablarda tashkillashtirilgan tadbirlarda korxona, tashkilot hamda sektor rahbarlari ishtirok etishdi.