NARPAYDA CHIGIT EKISHGA KIRISHILDI

Bu yil tumanimiz bo‘yicha 9021 gektar maydonga chigit ekib, g‘o‘za parvarishlanadi. Shu kunga qadar maydonlarga ishlov berilib, ekish mavsumiga tayyorlab qo‘yildi.

Burkon fermer xo‘jaligi dalalarida fermerlar va soha mutasaddilari ishtirokida chigit qadash ishlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat qishloq xo‘jaligi  boshqarmasi boshlig‘i Sodiq Hakimov, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyevlar chigit ekish agrotexnikasi, seyalkalarning ishchi organlari joylashuviga oid talablar haqida so‘z yuritdilar.

So‘ng chigit ekishga kirishildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Разработан в: SAKTRM