Boliyev Anvar Begimovich 1979-yil 16-iyulda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti - oliy, 2006-yil Samarqand davlat universiteti, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
MEHNAT FAOLIYATI
2002-2002 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand shahar bo‘linma sug‘urta agenti
2002-2003 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand shahar bo‘linma EXM operatori
2003-2003 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand shahar bo‘linma sug‘urta agenti
2003-2005 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand viloyat direksiyasi xo‘jalik ishlari bo‘yicha ish yurituvchisi
2005-2006 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand viloyat direksiyasi Umumiy sug‘urta bulimi yetakchi anderrayteri
2006-2010 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi “Maroqand” sug‘urta agentlik sho‘ba korhonasi boshqaruvchi menejeri
2010-2013 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati) Samarqand shahar bo‘linmasi boshqaruvchi menejeri
2013-2014 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati ) Samarqand viloyat direksiyasi direktor o‘rinbosari Umumiy sug‘urta bo‘limi menejeri
2014-2015 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (aksiyadorlik jamiyati ) Samarqand viloyat direksiyasi direktor o‘rinbosari Umumiy sug‘urta bo‘limi menejeri
2015-2017 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari - Umumiy sug‘urta bo‘limi menejeri
2017-2022 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi
2022 y - h.v. - Narpay tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda – tuman hokimining birinchi o‘rinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, tuman hokimining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
6. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
II. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
-hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash;
-hududning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash;
-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
-soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish;
-xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash;
-ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-respublika byudjetiga yil boshidan tushumlar undirish, mahalliy byudjetiga tushumlar undirish;
- “Ayollar daftari”da belgilangan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratish;
- ishsiz aholi bandligini ta’minlash;
- hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish;
- “E-qaror” yagona elektron tizimi, Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish elektron tizimlari bilan ishlash va yuritish;
-aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash.
8. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari loyihalari, hududni kompleks rivojlantirish dasturlari hamda “yo‘l xaritalari”ning tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarining moliyaviy manbalarini aniqlagan holda mahalliy byudjet parametrlari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlaydi;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirlik, idora va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatining aniq ko‘rsatkichlari hamda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqadi, natijalarini baholab boradi va ularni yaxshilash choralarini ko‘radi hamda rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini o‘rganadi va tahlil qiladi, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ular yangi bozorlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlik, shu jumladan, “drayver” loyihalarini amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashadi va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlaridan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” o‘rganadi;
band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish borasida amaliy ko‘maklashadi;
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratilishida ko‘maklashish;
mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, noruda foydali qazilmalar va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash choralarini ko‘radi;
banklarning samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun bankning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘siq bo‘layotgan (qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etadi;
mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har bir sektorlar huzurida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
v) hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash sohasida:
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini ta’minlaydi; ishlab chiqilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;
debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
g) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari ish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni belgilaydi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar hamda baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
aholini tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklarining tuman filiallari o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish choralarini ko‘radi;
moliyaviy va sug‘urta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qiladi;
d) soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish
sohasida:
tuman bo‘yicha respublika byudjeti va mahalliy byudjetga belgilangan soliq tushumlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;
“xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni hamda xususiy sektorda norasmiy bandlikni legallashtirish orqali byudjet tushumlarini oshirish choralarini ko‘radi;
hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib byudjet tushumlarini ko‘paytirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, byudjetga qo‘shimcha tushum tushirish manbalarini izlab topish choralarini ko‘radi;
tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
tuman mahalliy byudjeti loyihalari tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga
pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar tayyorlaydi va qabul qilish choralarini ko‘radi;
y) xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida:
hududdagi bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, ulardan samarali foydalanish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish, investorlar, jumladan, xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish sohasida takliflar tayyorlaydi;
hududdagi davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari mas’uliyatini oshirishni ta’minlaydi;
xorijiy va xalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini o‘rganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini ta’minlaydi;
hududda joylashgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, samarali va oshkora xususiylashtirishni ta’minlaydi;
j) ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida:
hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish hududiy dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi sifati va farovonligi darajasini yanada oshirish dasturlarini shakllantiradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish choralarini ko‘radi;
demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish borasida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi;
bandlik, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qiladi;
z) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida:
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash choralarini ko‘radi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun ularni tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning bank kreditlarini olish, energiya tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolari yechimi yuzasidan choralar belgilaydi va ijrosini doimiy nazorat qilib boradi;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etish choralarini ko‘radi;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
i) aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi;
nafaqalar, aholining real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish choralarini ko‘radi;
zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi;
yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali ularning turmush darajasini va sifatini oshirish choralarini ko‘radi.
k) raqamlashtirish yo‘nalishida:
axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo‘yicha choralar ko‘rish;
idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek, elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni
amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
iqtisodiyot va tadbirkorlik yo‘nalishlarida islohotlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘radi;
tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
III. Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi:
Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.
Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatinituman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi;
o‘ziga tegishli sohalar bo‘yicha ish yuritadi, ishlar nomenklaturasini tashkil etadi, yuqori tashkilotlardan yo‘naltirilgan hujjatlarni tuman hokimligining soha bo‘yicha qabul qilgan qaror, farmoyishlari hamda o‘rinbosarga yuborilgan ariza va shikoyatlarni o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi hamda nazoratdan chiqarishni tashkil etadi;
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida va tuman faollarining yig‘ilishlarida soha bo‘yicha bildirilgan tanqidiy fikr va mulohazalarni umumlashtirib, hokimlik yig‘ilishiga kiritish uchun qarorlar, yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar loyihalarini tayyorlaydi;
tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari, tuman hokimligi yig‘ilishlari qarorlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi monitoringini olib boradi va muntazam birinchi o‘rinbosarga axborot berib boradi;
tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tashkillashtiradi.
IV. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari, tumanning iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish.
10.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ‒5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Tuman hokimligi apparatida har oyda bir kun ijro intizomining holatini muhokama qilib boradi.
11.Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
V. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftadaeshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining tegishli hisobotlari tuman xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
14. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash bosh mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi.
2. Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.
3. Tuman g‘aznachilik bo‘linmasi.
4. Tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi.
5.Tuman Davlat soliq inspeksiyasi.
6. Tuman Statistika bo‘limi.
7. Tuman Oqtosh pochta aloqa bog‘lanmasi
8. Xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari Respublika “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi.
9. Davlat ulushiga ega bo‘lgan barcha tijorat banklarining tuman filiallari.
10. Boshqa tijorat banklarining tuman filiallari – bank tizimi barqarorligini ta’minlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan.
11. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning tuman bo‘linmalari – iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning tuman bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi.
2. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tumanbo‘limi.
3. “Mirbozor bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati
4. “Oqtosh dehqonobod” dehqon bozori mas’uliyati cheklangan jamiyati.
Boliyev Anvar Begimovich
Lavozimi: Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Qabul kunlari:Seshanba soat 14.00 dan 17.00 gacha
E-mail:Anvar112boliyev@gmail.com
Telefon raqami:+998-93-337-66-11
Boliyev Anvar Begimovich 1979-yil 16-iyulda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti - oliy, 2006-yil Samarqand davlat universiteti, 2020-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
MEHNAT FAOLIYATI
2002-2002 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand shahar bo‘linma sug‘urta agenti
2002-2003 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand shahar bo‘linma EXM operatori
2003-2003 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand shahar bo‘linma sug‘urta agenti
2003-2005 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand viloyat direksiyasi xo‘jalik ishlari bo‘yicha ish yurituvchisi
2005-2006 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi Samarqand viloyat direksiyasi Umumiy sug‘urta bulimi yetakchi anderrayteri
2006-2010 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi “Maroqand” sug‘urta agentlik sho‘ba korhonasi boshqaruvchi menejeri
2010-2013 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati) Samarqand shahar bo‘linmasi boshqaruvchi menejeri
2013-2014 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (ochiq aksiyadorlik jamiyati ) Samarqand viloyat direksiyasi direktor o‘rinbosari Umumiy sug‘urta bo‘limi menejeri
2014-2015 yy. - “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi (aksiyadorlik jamiyati ) Samarqand viloyat direksiyasi direktor o‘rinbosari Umumiy sug‘urta bo‘limi menejeri
2015-2017 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari - Umumiy sug‘urta bo‘limi menejeri
2017-2022 yy. - “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi
2022 y - h.v. - Narpay tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda – tuman hokimining birinchi o‘rinbosari)ning vazifalari, funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga, tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, tuman hokimining qaror va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti oldida shaxsan javobgar hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tuman hokimiga bo‘ysunadi.
Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarini hal qilish bo‘yicha faoliyati Viloyat hokimining tegishli o‘rinbosari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
6. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
II. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
-hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash;
-hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-hududning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash;
-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;
-soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish;
-xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash;
-ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
-respublika byudjetiga yil boshidan tushumlar undirish, mahalliy byudjetiga tushumlar undirish;
- tashabbusli byudjet jamgarmasiga mablag‘ o‘tkazish;
- yoshlar daftariga mablag‘lar ajratish;
- “Ayollar daftari”da belgilangan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratish;
- ishsiz aholi bandligini ta’minlash;
- hokim yordamchilari faoliyatining samaradorligini oshirish;
- “E-qaror” yagona elektron tizimi, Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olish elektron tizimlari bilan ishlash va yuritish;
-aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash.
8. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari loyihalari, hududni kompleks rivojlantirish dasturlari hamda “yo‘l xaritalari”ning tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarining moliyaviy manbalarini aniqlagan holda mahalliy byudjet parametrlari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlaydi;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirlik, idora va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatining aniq ko‘rsatkichlari hamda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqadi, natijalarini baholab boradi va ularni yaxshilash choralarini ko‘radi hamda rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etadi;
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish choralarini ko‘radi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini o‘rganadi va tahlil qiladi, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ular yangi bozorlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
b) hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:
hududda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlik, shu jumladan, “drayver” loyihalarini amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashadi va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;
oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan, tomorqa yerlaridan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini “xonadonbay” o‘rganadi;
band bo‘lmagan aholining, ayniqsa, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish borasida amaliy ko‘maklashadi;
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratilishida ko‘maklashish;
mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, noruda foydali qazilmalar va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash choralarini ko‘radi;
banklarning samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun bankning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish (“mijozbay” ishlash) tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘siq bo‘layotgan (qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etadi;
mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda “drayver” loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har bir sektorlar huzurida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
v) hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash sohasida:
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini ta’minlaydi; ishlab chiqilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;
debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
g) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari ish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni belgilaydi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan xalqaro normalar, standartlar hamda baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
aholini tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklarining tuman filiallari o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish choralarini ko‘radi;
moliyaviy va sug‘urta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qiladi;
d) soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, “xufiyona iqtisodiyot”ni kamaytirish choralarini ko‘rish
sohasida:
tuman bo‘yicha respublika byudjeti va mahalliy byudjetga belgilangan soliq tushumlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;
“xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni hamda xususiy sektorda norasmiy bandlikni legallashtirish orqali byudjet tushumlarini oshirish choralarini ko‘radi;
hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib byudjet tushumlarini ko‘paytirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, byudjetga qo‘shimcha tushum tushirish manbalarini izlab topish choralarini ko‘radi;
tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
tuman mahalliy byudjeti loyihalari tegishlicha xalq deputatlari Kengashlariga ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga
pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to‘g‘risida hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar tayyorlaydi va qabul qilish choralarini ko‘radi;
y) xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida:
hududdagi bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni xatlovdan o‘tkazish, ulardan samarali foydalanish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish samaradorligini oshirish, investorlar, jumladan, xorijiy investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish sohasida takliflar tayyorlaydi;
hududdagi davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularni boshqarish organlari mas’uliyatini oshirishni ta’minlaydi;
xorijiy va xalqaro institutlar hamda kompaniyalar bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorlash, shu jumladan ularning jozibadorligini hamda boshqarish sifatini oshirishni nazarda tutuvchi samarali mexanizmlarini o‘rganish va joriy qilishga qaratilgan doimiy ishlar yuritilishini ta’minlaydi;
hududda joylashgan davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish ishlarini muvofiqlashtiradi, samarali va oshkora xususiylashtirishni ta’minlaydi;
j) ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish sohasida:
hududda yangi ish o‘rinlari tashkil etish, aholi bandligini oshirish hududiy dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash, aholining turmushi sifati va farovonligi darajasini yanada oshirish dasturlarini shakllantiradi, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va xodimlar mehnat huquqlarini himoya qilish tizimlarini kuchaytirish choralarini ko‘radi;
demografik omillar va iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg‘or shakllarini joriy etishga yo‘naltirilgan aholi bandligini ta’minlashning hududiy dasturlarini shakllantirish, pensionerlar, nogiron shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy nochor guruhlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir manzilli dasturlar va samarali tadbirlarni ishlab chiqish borasida mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishini muvofiqlashtiradi;
bandlik, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amalga oshirilishini nazorat qiladi;
z) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida:
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash choralarini ko‘radi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun ularni tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning bank kreditlarini olish, energiya tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolari yechimi yuzasidan choralar belgilaydi va ijrosini doimiy nazorat qilib boradi;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etish choralarini ko‘radi;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
i) aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni belgilaydi;
nafaqalar, aholining real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish choralarini ko‘radi;
zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi;
yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali ularning turmush darajasini va sifatini oshirish choralarini ko‘radi.
k) raqamlashtirish yo‘nalishida:
axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish;
elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning boshqa shakllari orqali ko‘rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, internet tarmog‘ida ochiq ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo‘yicha choralar ko‘rish;
idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek, elektron ma’lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni
amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
iqtisodiyot va tadbirkorlik yo‘nalishlarida islohotlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda ta’minlaydi;
hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish, ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘radi;
tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi hamda yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar (kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
III. Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi:
Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va tuman hokimining hujjatlariga amal qiladi.
Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘z faoliyatini tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
Tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining bosh mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi;
o‘ziga tegishli sohalar bo‘yicha ish yuritadi, ishlar nomenklaturasini tashkil etadi, yuqori tashkilotlardan yo‘naltirilgan hujjatlarni tuman hokimligining soha bo‘yicha qabul qilgan qaror, farmoyishlari hamda o‘rinbosarga yuborilgan ariza va shikoyatlarni o‘rganib chiqadi, umumlashtiradi hamda nazoratdan chiqarishni tashkil etadi;
Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida va tuman faollarining yig‘ilishlarida soha bo‘yicha bildirilgan tanqidiy fikr va mulohazalarni umumlashtirib, hokimlik yig‘ilishiga kiritish uchun qarorlar, yig‘ilish bayonlari va chora-tadbirlar loyihalarini tayyorlaydi;
tuman hokimining qarorlari, farmoyishlari, tuman hokimligi yig‘ilishlari qarorlarida belgilangan topshiriqlarning bajarilishi monitoringini olib boradi va muntazam birinchi o‘rinbosarga axborot berib boradi;
tuman hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
tuman hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni tashkillashtiradi.
IV. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
9. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining tuman filiallari, tumanning iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish.
10.Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ‒5132-son qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Tuman hokimligi apparatida har oyda bir kun ijro intizomining holatini muhokama qilib boradi.
11.Biriktirilgan sohalarda kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish masalalari bilan doimiy shug‘ullanadi, majmuaga kiradigan tashkilotlardagi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar beradi.
V. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq, tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining tegishli hisobotlari tuman xalq deputatlari Kengashi majlisida eshitiladi.
14. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholash, ular yuzasidan hisobotlarni eshitish va tegishi choralarni ko‘rish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, monitoring qilish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini ta’minlash bosh mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi.
2. Tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.
3. Tuman g‘aznachilik bo‘linmasi.
4. Tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi.
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi.
6. Tuman Statistika bo‘limi.
7. Tuman Oqtosh pochta aloqa bog‘lanmasi
8. Xalq ustalari, hunarmandlari va musavvirlari Respublika “Hunarmand” uyushmasi tuman bo‘limi.
9. Davlat ulushiga ega bo‘lgan barcha tijorat banklarining tuman filiallari.
10. Boshqa tijorat banklarining tuman filiallari – bank tizimi barqarorligini ta’minlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan.
11. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning tuman bo‘linmalari – iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘zaro hamkorligi ta’minlanadigan tashkilotlarning tuman bo‘linmalari
RO‘YXATI
1. Tuman tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi.
2. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tuman bo‘limi.