HUDUDLARDA O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
Maʼlumki, tuman hokimi, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari turli mahallalarda bo‘lib, aholi tomorqalari holati, "Yashil makon" loyihasi asosida olib borilayotgan ishlar, hududlarni obodonlashtirish, ichki suv yo‘llarini, tozalash hamda betonlashtirish masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar qay darajada ketayotgani bilan tanishmoqda.
Bugun ham tuman hokimi Umid va Ipak yo‘li mahallalari hududida yuqoridagi masalalar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
Shuningdek, har ikkala mahalla fuqarolari bilan tomorqadan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbat o‘tkazib, ularning bu boradagi taklif va tashabbuslarini tingladi.
Bunda, bir mahalla, bir mahsulot tamoyili asosida ekinlar yetishtirish taklifi ilgari surilib, bu bo‘yicha kartoshka yetishtirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida soliq va boshqa kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash lozimligi taʼkidlandi.
Shu kabi, hokim o‘rinbosarlari va sektor rahbarlari ham boshqa mahallalar bo‘ylab o‘rganish olib bormoqda.