insurez
27-03-2024 11:15

SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR SAMARASI BO‘YICHA PRESS TUR


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tuman hokimligi va "Navqiron Narpay" gazetasi hamkorligida tumanimizda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki ariqlarni betonlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha press tur bo‘lib o‘tdi.

Press turda fermer xo‘jaligi yer maydonlarida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan ekin maydonlari holati va natijalari bilan tanishildi.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abduqahhor Tojiyev sohadagi o‘zgarishlar, xususan, suv sarfini tejagan holda hosil hajmini oshirish masalasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar borasida so‘z yuritdi.

Shuningdek, bu borada o‘tgan yilda bajarilgan ishlar hamda joriy yildagi rejalar xususida ham maʼlumot berdi.

Teglar
- -