MUROJAATNOMA
Narpay tumani prokurori Tuychiyev Abdulla Oripovichning huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tumanimiz aholisiga yo‘llagan
MUROJAATI
Assalomu alaykum, hurmatli Narpay tumani aholisi hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari!
Ushbu profilaktik ogohlantiruvchi murojaatni yo‘llashdan asosiy maqsad, tumanimiz aholisini kriminogen vaziyatdan ogoh qilgan holda Siz azizlarni jinoyatlardan jabirlanib qolish ehtimolini oldini olishdan iborat.
Shu sababdan, tumanimizda sodir etilgan jinoyatlarning oqibatlari bilan kurashish emas, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shu fursatdan foydalanib, tumanimiz hududidagi kriminogen vaziyat haqida qisqacha maʼlumot berib o‘tsam.
Joriy yilning avgust oyida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida tuman hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar, og‘ir tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, nomusga tegish,talonchilik va avtotransport vositasini olib qochish jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Mahallada xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan tadbirlar natijasida 53 ta mahallaning 20 tasida jinoyatlar kamaygan bo‘lsa, 28 ta mahallada umuman jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Shuningdek, mahallalarning 5 tasi qizil toifaga kirgan bo‘lib, ularning hissasiga 9,4 foiz oldi olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘ri keldi.
Bundan tashqari, joriy yilning avgust oyida 26 ta oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar qayd etilgan.
Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning 12 tasi yo‘l transport hodisasi, 7 tasi o‘g‘rilik, 2 tasi firibgarlik va yengil tan jarohati yetkazish, 1 tasi bezorilik, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazish va oilaviy zo‘ravonlik jinoyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Murojaatim davomida yana bir muhim yo‘nalishga ham ALOHIDA TO‘XTALMOQCHIMAN.
Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 8 oyida jami 26 ta o‘g‘rilik jinoyati sodir etilib, umumiy jinoyatlarni 11,23 foizini tashkil qilmoqda.
O‘g‘rilik jinoyatlarining 9 tasi savdo shahobchalarida, 4 tasi xonadonlarda, 3 tasi avtotransportlarda sodir etilgan bo‘lsa, 4 tasi xayvon o‘g‘irligi va 1 tasi kissavurlik, telefon va velosiped o‘g‘rilik jinoyatlari hisoblanadi.
Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim muammolar masalalar va ularni bartaraf etish ham eʼtiborimizdan chetda emas.
Shu sababli, aholi gavjum joylarda, bozorlar, serqatnov ko‘chalarda, jamoat transportida hamyon va shaxsiy buyumlaringizga eʼtiborli bo‘ling, o‘g‘rilik jinoyati jabrlanuvchisi bo‘lib qolmang.
Xonadonlar va boshqa obyektlarda o‘g‘irlik jinoyati sodir etilishini oldini olish maqsadida ularni qo‘riqlash pultiga topshirishingizni tavfsiya qilaman.
Avtotransportlarda o‘g‘rilik jinoyatini sodir etilishini oldini olish maqsadida avtomashina kalitini o‘zida qoldirmang qimmatbaxo buyumlarni avtomashinangizda saqlamang.
Chorva mollari o‘g‘rilik jinoyatlari sodir etilishini oldini olish maqsadida, ularni qarovsiz qoldirmasligingizni so‘rab qolaman.
Hurmatli Narpayliklar,
Umuman olganda, bugungi kunda Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar – xalqimizning tinch-totuv va xavfsiz hayot kechirishiga qaratilgan.
Shunday ekan, hamkor tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab olib, tumanimiz hududida,
-jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,
-jinoyatchilikka qarshi kurashish,
-mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi chora-tadbirlarni yana-da jadallashtirishimiz lozim.
Bu ishlarni amalga oshirishda albatta keng jamoatchilik vakillari va Siz aziz fuqarolarimizga tayanamiz.
Murojaatim yakunida, Siz azizlarni yana bir bor ogohlikka chaqiraman.
O‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraylik!
Aziz yurtdoshlar.