insurez
25-09-2024 11:11

🔥MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDA ISHLAR YAXSHI(MI?)


🧠Farzand dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham maktabgacha ta’lim tizimining jamiyat hayotidagi o‘rni o‘zgacha. Bugungi kunda bolaning rivojlanishida ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratish dolzarb mavzu bo‘lib qolmoqda.

👨‍💼Viloyat hokimining o‘rinbosari Husan Tuxtayev, tuman hokimi Sherbek Buranov, maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Zayniddin Jo‘rayev, tuman hokimining tegishli o‘rinbosari hamda mas'ullar ishtirokida maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔴Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida yo‘l qo‘yilgan bir qator kamchiliklar sanab o‘tildi.
Xususan, qamrov darajasi pastligi, badal to‘lovi bo‘yicha muammolar, sanitariya qoidalariga amal qilish, ta'minotchi korxonalar tomonidan berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifatsizligi kabi kamchiliklar aytib o‘tildi.

🔴Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan MTT rahbarlari hamda mas’ullarga jiddiy ogohlantirishlar berildi.

✅|Telegram (https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi)| ✅|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100041775135927)| 🌐|Instagram (https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/)| ✅|Telegram (https://t.me/narpaylikk)| 🌐|Veb sayt (https://narpay.uz/)|

Teglar
- -