insurez
28-10-2025 14:42

BARCHA UCHUN MUHIM MASALA!


BARCHA UCHUN MUHIM MASALA!

✔️Tumanimiz maktablarida tuman prokurori va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli masullar ishtirokida o‘quvchi yoshlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik hamda yo‘l harakati qoidalari haqida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

✔️Tadbir davomida korrupsiya — jamiyat taraqqiyotining dushmani ekani, har bir noqonuniy harakat kelajak uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi hamda kiberxavfsizlik — internetdan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lish, shaxsiy maʼlumotlarni begonalarga bermaslik, ishonchsiz havolalarga kirmaslik zarurligi tushuntirilmoqda.

✔️Bundan tashqari yo‘l harakati qoidalari — piyodalar, velosipedchilar va haydovchilar uchun xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilish zarurligi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

✔️Mutasaddilar tomonidan yoshlarga shuningdek, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlarda xatoga yo‘l qo‘yishning huquqiy va hayotiy oqibatlari haqida misollar orqali tushuntirish berildi.

⚠️Targ‘ibotning maqsadi — yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ogohlikka, halollikka va masʼuliyatli xulqqa chorlashdir.
 

Teglar
- -