📕BARCHASI O'QUVCHI YOSHLAR UCHUN
📚Bugungi kunda ta'limga berilayotgan e'tibor har qachongidan ham o‘zgacha, sababi o‘quvchi yoshlarni zamon talablari asosida o‘qitish, hozirgi davr texnika va texnologiyalaridan xabardor qilgan holda ta'lim berish mas'ullarning asosiy vazifalari qatoridan o‘rin olmoqda.
🖌O‘quv yili boshlanishi oldidan tuman hokimi hamda sektor rahbarlari tashabbusi bilan tumandagi maktablarga zamonaviy interaktiv elektron doskalardan foydalangan holda o‘quvchilarga dars berish masalasi olg‘a surilgan edi.
🔅Prezident maktablari Agentligi tizimidagi Narpay ixtisoslashtirilgan maktabida 31 ta maktabga ana shunday zamonaviy elektron doskalar tarqatildi.
✍️Tuman hokimi Sherbek Buranov, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Shahzod Eshonqulov, sektor rahbarlari hamda tegishli mas'ullar qatnashgan tadbirda o'quv yilini yanada ko'tarinki ruhda o'tkazish, ta'lim berishda har tomonlama intizom, chuqur tahlil, chinakam mas'uliyat o'qituvchi va mas'ul rahbarlarning doimiy shiori bo'lishi kerakligi ta'kidlandi.