insurez
28-11-2024 15:44

BERILGAN TOPSHIRIQLAR IJROSI MUHOKAMA ETILDI


Tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mahalla yettiligi ishtirokida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mahalla mas'ullar ZOOM platformasi orqali qatnashgan yig‘ilishda tuman hokimi Sherbek Buranov ayni vaqtdagi dolzarb bo‘lib turgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, aholini doimiy va mavsumiy ish bilan taʼminlash, “Yashil makon” umummilliy harakati, toza ichimlik suvidan debitor qarzdorliklarni undirish, ariqlarni betonlashtirish, yer va mol-mulk soliq tushumlari, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, kuz-qish mavsumida fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oqilona foydalanish borasida jamoatchilikka keng targ‘ib qilish orqali ularning elektr energiyaga bo‘lgan talabini kamaytirish kabi bir qancha masalalar muhokama etildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan masʼullar faoliyati tanqid ostiga olinib, bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarga masʼuliyat bilan yondashish kerakligi taʼkidlandi.

Teglar
- -