🔥BERILGAN TOPSHRIQLAR KUTILGAN NATIJA BERYAPTIMI?
👨💼Hokimlik soatida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
➡️Tuman hokimi sektorlar hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mas’ullar ishtirokida bugungi kundagi dolzarb bo‘lib turgan bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar hamda belgilangan asosiy statistika ko‘rsatkichlarning ijro holati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
➡️Yig‘ilishda yer va mol-mulk soliq tushumlarini amalga oshirish borasidan kamchilikka yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar faoliyati muhokama etilib, kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar belgilab berildi.
➡️Bundan tashqari, mahalla faollarining murojaatlar bo‘yicha aholi bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borish, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda yaratilgan sharoitlarni bartaraf etish borasida tavsiyalar berildi.
➡️Shuningdek, kuz-qish mavsumida fuqarolarga yanada qulaylik yaratish masalasida ko‘mir mahsulotlarini oluvchilar ro‘yxatini shakllantirish ishlarini zudlik bilan yakunlash, quyosh panellarini o‘rnatish borasida jamoatchilikka keng targ‘ib qilish orqali ularning elektr energiyaga bo‘lgan talabini kamaytirish borasida tushuntirishlar berildi.
🧠Shu kabi, mahalladagi hokim yordamchilarining ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash borasida mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.
⚡️Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar faoliyati tanqid ostiga olinib, bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarga mas’uliyat bilan yondosh kerakligi ta’kidlandi.
✅|Telegram (https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi)| ✅|Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=100041775135927)| 🌐|Instagram (https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/)| ✅|Telegram (https://t.me/narpaylikk)| 🌐|Veb sayt (https://narpay.uz/)|