insurez
12-07-2024 11:11

BO‘Sh TURGAN BINOLARDAN SAMARALI FOYDALANISH ZARUR


Bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanib, ishlab chiqarishni rivojlantirish bugungi kun talabidir. Ayni paytda Muqumiy, Tinchlik mahallalarida xuddi shunday qarovsiz qolgan obyektlarning borligi ham sir emas.

Tuman hokimi tegishli masʼullar hamrohligida ushbu mahallalarda bo‘lib,  bo‘sh turgan noturar binolar va yer maydoni egalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda bu kabi obyektlardan samarali foydalanish, yangi texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida so‘z bordi.

Mulkdorlarga yangi loyiha takliflarini taqdim etish, chet ellik investorlarni jalb qilish, shu kabi xorijga chiqish uchun tashriflar tashkillashtirib berish bo‘yicha aniq tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Topshiriqlar ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli masʼullarga vazifalar yuklandi.

Teglar
- -