Chorlov
#chorlov
📈 Joriy yilning 31-yanvariga qadar davom etadigan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri 1-bosqichining dastlabki kunida men ham census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali tegishli ma’lumotlarni to‘ldirdim va ro'yxatdan o'tdim.
Aziz tumanimiz ahli, ushbu jarayonda sizlarni faol bo‘lishga chorlab qolaman!
Narpay tumani hokimi Anvar Boliyev.
Ma'lumot uchun, mazkur jarayonning 1-bosqichida 15-31 yanvar kunlari census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2-bosqichda 4-28 fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish faqat “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan o‘tkaziladi. Bunda fuqarolardan hech qanday SMS-kod yoki pul mablag‘lari so‘ralmaydi.




