insurez
10-08-2024 11:13

CHORVACHILIK VA BALIQCHILIK SOHASI YANADA RIVOJLANISHI LOZIM


Tuman hokimi sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, MMTP raislari va tegishli masʼullar bilan birgalikda tumandagi chorvachilik hamda baliqchilik fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan tanqidiy-tahliliy muhokama o‘tkazdi.

Muhokamada soliq va elektr energiyadan qarzdorligi bor, yashirin iqtisodiyot aniqlangan hamda rivojlanishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan fermer xo‘jaliklari faoliyati tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, sohani yanada rivojlantirish, fermer xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish, go‘sht va baliq mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish borasida topshiriqlar berilib, bu borada muddatlar belgilandi.

Teglar
- -