insurez
18-02-2025 19:18

⚡️ENERGIYA TEJAMKORLIGI DAVR TALABI


✅Bosh prokuror o‘rinbosari Aminov Shohruh Azamatovich energiya resurslaridan oqilona foydalanish va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Narpay tumaniga tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida, “Maroqand sifat” MCHJ va “Narpay spagetti” MCHJlar faoliyati bilan tanishib, energiya samaradorligini oshirish maqsadida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar, quyosh energiyasidan oqilona foydalanish, shuningdek, energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar xususida tegishli tavsiyalar berildi.

✅Bundan tashqari, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari, shu jumladan, elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlar va noqonuniy ulanishlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.

🔥Shuningdek, sektor va mas’ul korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilinib, sohada samarali ishlash uchun barcha mas’ul tashkilotlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Teglar
- -