insurez
05-11-2024 12:30

HAR BIR HARAKAT AHOLI ROZILIGI UCHUN


👨‍💼Tumanda barcha tashkilot va korxonalar hamda mahallalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi, "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida mas'uliyat bilan yondoshish, yer, mol-mulk solig'ini o'z vaqtida undirish kabilar navbatdagi hokimlik soatida muhokama etilgan dolzarb masalalardan biri bo'ldi.

➡️Tuman hokimi sektorlar rahbarlari hamda mas’ullar, shuningdek, mahalla yettiligi ishtirokida ayni kundagi dolzarb bo‘lib turgan, bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar ijro holati bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➡️Yig‘ilishda yer va mol-mulk solig'i tushumlari, muddati o'tgan kreditlarning undirilish holati, "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida qilinayotgan ishlar muhokama etilib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.

➡️Bundan tashqari, mahalla faollarining murojaatlar bo‘yicha aholi bilan tegishli tushuntirish ishlari olib borish, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda yaratilgan sharoitlarni bartaraf etish, aholini kambag'allikdan chiqarish, tadbirkorlikka o'rgatish, ijtimoiy obyektlarga olib boruvchi piyodalar yo'lagi qurish kabi masalalarda tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

➡️Shuningdek, kuz-qish mavsumida fuqarolarga yanada qulaylik yaratish masalasida ko‘mir mahsulotlarini oluvchilar ro‘yxatini shakllantirish ishlarini zudlik bilan yakunlash, quyosh panellarini o‘rnatish borasida jamoatchilikka keng targ‘ib qilish orqali ularning elektr energiyaga bo‘lgan talabini kamaytirish borasida tushuntirishlar berildi.

⚡️Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullar faoliyati tanqid ostiga olinib, bajarilishi lozim bo‘lgan masalalarga mas’uliyat bilan yondosh kerakligi ta’kidlandi.
 

Teglar
- -