HECH BIR MUAMMO YECHIMISIZ QOLMASLIGI KERAK
Tuman hokimi tegishlilar hamrohligida Yangiariq mahallasida bo‘lib, mahalla mas'ullari hamda faol fuqarolari bilan suhbat olib bordi.
Dastlab, fuqarolar tomonidan elektr energiyasini yanada yaxshilash uchun beton ustunlar va turli xildagi jinoyatchiliklar hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish maqsadida tungi chiroqlar o‘rnatish, ko‘chalar asfaltlashda e'tibor berilishi shart bo‘lgan ishlar, shuningdek, ko‘chalarni shag‘allashtirish kabi muammo va takliflar tinglandi.
Suhbat davomida, tuman hokimi tomonidan ijtimoiy obyektlarning issiqlik tizimini yaxshilash, tabiiy va suyultirilgan gaz, yer, mol-mulk soliqlarini vaqtida undirish, "Yashil makon" umummilliy harakatida har bir fuqaro birdek harakat qilishi, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ta'kidlandi.
Bundan tashqari, mas'ullar tomonidan Tepa mahallasida yordamga muhtoj va yotoqdagi fuqarolar holidan xabar olindi.
Aniqlangan muammo va masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
O‘rganish ishlari boshqa mahallalarda ham davom etadi...
Bizni kuzatib boring...